Main » Files » Taomlar Tayorlash |
Murobboli pirok
2014-02-22, 3:42 PM | |
![]() Masalliqlar: (xona haroratida eritilgan)-110 gr(~9 osh-q) saryog', -100gr (0.5 st shakar, -1 ta tuxum + 1 ta tuxum sarig'i, -2 st un (1 st=200 ml), -0.5 choy-q tuz, -2 choy-q baking powder, -4-5 osh-q murabbo (qulupnay/olma yoki boshqa turi), -2 osh-q shakar(tort ustiga sepish uchun, xohishga ko'ra), -24 smli qolip (tag qismi ajraladigan qolip bo'lsa yaxshiroq). Tayyorlash: Erib turgan saryog' bilan shakar venchikda aralashtiriladi. ![]() ![]() Boshqa idishda un, tuz, baking powderni aralashtirib olib, yuqoridagi massaga solinadi va yog'och qoshiq yoki spatulada pichoqda kesganday harakatlar bilan aralashtiriladi. Keyin qo'lda yahshilab aralashtiriladi. ![]() Xamirning 1/3 qismini olib, stol ustida truba shakliga keltiriladi. Bu
xamirni va qolgan xamirni alohida sellofanga o'rab sovutgichga 20
minutdan ortiq vaqtga qo'yiladi. ![]() Sovutgichdan kattaroq xamirni olib, oz-ozdan bo'lib qo'lda oqolipga joylaylanadi va chetlari tekistlanadi. Xamir o'rtasiga vilka urib chiqiladi. Murabboni xamir ustiga solib, qoshiqda yoyiladi. ![]() Truba shaklidagi xamirni olib, parrak qilib kesiladi va murabbo ustiga terib chiqiladi. Xohishga ko'ra shakar sepsa ham bo'ladi. 190C oldindan qizdirilgan duxovkada 20-23 minutga, pirogning chetlai qizarguncha pishiriladi. Pishib chiqqach juda qaynoq bo'ladi, murabbo qismi ayniqsa. Qolipdaligida sovutib, keyin dasturxonga tortiladi. ![]() ![]() Tayyor | |
Views: 2185 | Downloads: 0 | |
Total comments: 0 | |