Main » Files » Islomiy Bolim |
Hech Bolmasa Oyim Singlim Bilan Qolsin
[ Download from this server (273.8 Kb) ] | 2014-02-06, 8:25 AM |
Masjid
darvozasidan maktab kiyimida chamasi olti, yetti yoshlardagi bolakay
kirib kelib, so’l tomondagi o’tirg’ichda suhbatlashib o’tirgan
nuroniylarga salom berdi: "Assalom-u alaykum.” Qariyalar hayron
bo’lishib: "Vaalaykum assalom, katta yigit bo’ling, keling bolam, kimni
izlab keldingiz?
Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon chollar hayrat aralash bir-birlariga qarab,
jim qolishdi. Bolakay davom etdi: "Qayerda o’tiribdilar? Iltimosim bor
edi….” Qariyalar orasidan bir odam turib, bolakayning oldiga kelib,
cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim sizga bu haqida aytib berdi? Kimning
o’g’lisiz?”
Bolakay biyron tili bilan so’zladi: "Ahmad domlaning, buvim aytgandilar,
bu yer Hudoning uyi ekan, kecha yana aytdilar, u kishi har diyonatli
bandasining tilagini bajararkan. Men ham u kishining bandasi ekanman,
hali gunoh ish qilmagan ekanman, yaxshi bola bo’lganim uchun men ham
diyonatli ekanman, u kishidan so’raydigan juda muhim iltimosim bor….”
Amaki o’ylanib qoldi, Ahmad domla, kim ekan u, hali jajji bo’lsa ham,
yaxshi tarbiya olibdi bolasi. Keyin, bolakayga yuzlanib: "Yuring, hozir
birga tahorat olamiz, keyin Hudodan iltimosingizni so’raymiz.” Bolakay
ho’p degandek boshini qimirlatdi, va amakining ketidan ergashib, xuddi
bir narsaga ulgurmay qolayotgandek shoshib-shoshib yuz qo’llarini
yuvdi.Keyin masjid ichkarisiga kirib, peshin nomoziga tayyorlanishdi.
Amaki unga: "O’glim, hozir hamma duoga qo’l ochganda siz ham qo’l ochib
Hudodan iltimosingizni so’rang.” Bolakay yana ho’p degandek boshini
qimirlatib, qator- qator odamlar orasidan Hudo kim ekan deb izladi.
Nomoz so’ngida hamma duoga qo’l ochib duo qilishni boshladi. Bolakay ham
qo’llarini qovushtirib: "Buvim aytdilar, meni yoshimdagilar farishta
bo’larkan, nima so’rasam berarkansiz, o’zimga kerakmas, dadamlarga
yordam bering, oyimni asrab qola olmayotgan ekanlar. Aytishlaricha,
oyimni faqatgina sizning yordamingiz qutqarar ekan. Mashinachalarimni,
mayli, rasmli kitoblarimni ham oling, faqat bittagina oyimni olmang,
koptok olaman deb ohirgi qordan beri yig’ayotgan pulim bor, uniyam
beraman….Singlimni bog’chadan olib uyga qaytishim kerak, uniyam, meniyam
oyimlarni oldilariga kiritishmayapti, sog’indik, ayniqsa singlim,
kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi, menku kattaman, o’gil bolaman,
chidayman. Hech bo’lmasa oyim singlim bilan qolsin. Iltimos…. Omin,
Olloh-u Akbar” – dedi-da yugurib ko’chaga chiqib ketdi.
Amaki, bolakayning gaplaridan ta’sirlanibmi, yoki bugun peshindan
keyin chiqarilishi kerak bo’lgan matematika o’qituvchisi Ahmadning
xotini vafotini eslabmi ko’zidan yosh sizdi… | |
Views: 1237 | Downloads: 33 | |
Total comments: 0 | |