Main » Files » Islomiy Bolim

Bilar Edik Lekin Qilmas Edik
2014-02-11, 6:23 AM



Bilar edik lekin qilmas edik ! كنا نعلم و لا نعمل !

Ushbu maktub menga kelganida meni uzoq o'ylantirip qo'ydi .. Va men shu maktubdan barcha foyda olishini hohladim …

Ibnul qayyum Rahimahulloh shunday dedi ;
( Bir joriya vabo kasalligi bilan o'lgan edi. Va otasi u ayolni tushida ko'rdi. Va qiziga: "Ey qizalog'im menga ohirat haqida aytib ber" dedi. Qizi: "Juda ham buyuk bir ishga keldik , "Bilar edik lekin qilmas edik" Allohga qasamki sahifamizdagi birgina tasbeh yoki bir rak'at namoz dunyo va undagi narsalardan sevimliroq."

-Joriya kuchli gapni aytdi: "Bilar edik lekin qilmas edik" .. Lekin bizni ko'pchiligimiz buni murodini tushunmaydi ..

{ BILAR EDIK }
-Agar biz 100 marta (subhanallahu va bihamdihi ) deb aytsak gunohlarimizni barchasi garchi dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechirilishini ..
(lekin necha kun-u kechalar o'tib ketar edi uni hich aytmasdik )

{BILAR EDIK }
-Agar zuho namozini o'qisak 360 ta sadaqani o'rnini bosadi ..
(lekin kun ketidan kunlar o'tardi biz zuhoni oqimasdik )

{BILAR EDIK }
-Kim Alloh uchun bir kun ro'za tutsa Alloh shu bandani yuzini o'tdan 70 yilchalik bo'lgan masofa qadar uzoqlashtiradi ..

{BILAR EDIK}
-Kim ki kasalni ziyorat qilsa unga 70 ming farishta ergaship u uchun Allohdan istig'for so'rashini ..
(Lekin haftalar o'tib ketadi biz kasal ziyorat qilmaymiz)

{BILAR EDIK }
-Kim janoza namozini o'qib o'lik dafn qilingunga qadar ergashsa unga ikki qirot ajr borligin . (bir qirot yani uhud tog'icha ) ..
(Lekin oylar o'tadi biz janozalarga bormaymiz)

{BILAR EDIK }
-Kimki Alloh uchun chumchuq inichalik bo'lsa ham masjid qursa Alloh u uchun jannatdan uy qurishini ..
(Lekin masjidlar qurishga harakat qilmadik garchi 10 dinor bilan bo'lsa ham )

{BILAR EDIK {
-Beva ayol va uni bolalariga g'amho'rlik qilgan kimss Alloh uchun jihod qilib , kunduzlari ro'za tutgan va kechalari uhlamasdan namoz o'qib chiqqan kishi kabi ajr olishini ..
(Lekin beva , yetimlarni otaliqqa olmadik )

{BILAR EDIK }
-Qur'ondan bir harfni o'qish bilan 10 ta hasanatga ega bo'lishimizni ..
(Lekin har kuni Qur'on tilovatiga e'tibor bermadik )

{BILAR EDIK }
-Haj qilishni ajri Jannat bo'lishini , va haj qilgan kimsa onasidan yangi tug'ilgan go'dak kabi gunohlardan pok holda qaytishini ..
(lekin sharoitimiz bor bo'lsa ham haj qilishga harakat qilmadik )

{BILAR EDIK }
-Qiyomat kuni kelishini, va unda shubha yo'qligini, va Alloh qabrlardagini qayta tiriltirishini ..
(lekin o'sha kun uchun hech ham tayyorlanmadik )

O'liklarni dafn qilar edik lekin shu kun uchun tirishmadik go'yoki bizda o'lmaslikka hujjat bordek ..

Sevimli opam va akam shuni biling ki har bir olayotgan nafasimiz bizni o'limga yaqinlashtirib boryapti .. biz esa o'yin kulguda davom etyapmiz ..

Shu lahzadan boshlab hayotimizni o'zgartirishni va qiyomat kuniga tayyorgarlik ko'rishni vaqti keldi ..

Alloh tao'lo aytadi { U kunda kishi o'z og'a inisidan ham , ota va onasidan ham , hotiniyu bola chaqasidan ham qochadi .. chunki u kunda ulardan har bir kishini o'ziga yetarli tashvishi bo'ladi ) abasa surasi 34-oyat

agar sizga mavzu yoqqan bo'lsa Rahmat demang ..
faqatgina shu duoni ayting ..
{ Allohim meni va ota onamni avvaldayu ohirda qilgan gunohlarini kechir .. va ularni qabr azobi va do'zah azobidan saqla .. va shu maktubni boshqalarga yuborgan kishini g'amlardan holi qil .. va buni men va meni ota onam uchun qiyomat kunigacha Sadaqa joriya .. ) amin :)

Category: Islomiy Bolim | Added by: Ollohga_Oshiq
Views: 1147 | Downloads: 0 | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]