Main » Files » Taomlar Tayorlash

Murobboli pirok
2014-02-22, 3:42 PM


Masalliqlar:

 (xona haroratida eritilgan)-110 gr(~9 osh-q) saryog', 
 -100gr (0.5 st shakar, 
 -1 ta tuxum + 1 ta tuxum sarig'i,
  -2 st un (1 st=200 ml),
  -0.5 choy-q tuz,
  -2 choy-q baking powder,
  -4-5 osh-q murabbo (qulupnay/olma yoki boshqa turi),
  -2 osh-q shakar(tort ustiga sepish uchun, xohishga ko'ra),
     -24 smli  qolip (tag qismi ajraladigan qolip bo'lsa yaxshiroq).

Tayyorlash:

Erib turgan saryog' bilan shakar venchikda aralashtiriladi.

Alohida idishda venchikda yoyib olingan tuxum va tuxumni 2-3 qismga bo'lib saryog'li aralashmaga solib aralashtiriladi.







Boshqa idishda un, tuz, baking powderni aralashtirib olib, yuqoridagi massaga solinadi va yog'och qoshiq yoki spatulada pichoqda kesganday harakatlar bilan aralashtiriladi. Keyin qo'lda yahshilab aralashtiriladi.




Xamirning 1/3 qismini olib, stol ustida truba shakliga keltiriladi. Bu xamirni va qolgan xamirni alohida sellofanga o'rab 
sovutgichga 20 minutdan ortiq vaqtga qo'yiladi.



Sovutgichdan kattaroq xamirni olib, oz-ozdan bo'lib qo'lda oqolipga joylaylanadi va chetlari tekistlanadi. Xamir o'rtasiga vilka urib chiqiladi. Murabboni xamir ustiga solib, qoshiqda
yoyiladi.






Truba shaklidagi xamirni olib, parrak qilib kesiladi va murabbo ustiga terib chiqiladi. Xohishga ko'ra shakar sepsa ham bo'ladi. 190C oldindan qizdirilgan duxovkada 20-23 minutga, pirogning chetlai qizarguncha pishiriladi. Pishib chiqqach juda qaynoq bo'ladi, murabbo qismi ayniqsa. Qolipdaligida sovutib, keyin dasturxonga tortiladi.






 Tayyor
Category: Taomlar Tayorlash | Added by: Ollohga_Oshiq
Views: 2063 | Downloads: 0 | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]